Huawei 2
Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Hukumat qarori asosida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo'linmalarida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Sarvar Faniyevich Ashurov - Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qo'llab-quvvatlash, madaniyat, ma'naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudirining o'rinbosari lavozimiga;

Nodir Muxtorovich Dusmatov - kotibiyatning Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash masalalari sho'basi mudiri lavozimiga;

Mansurbek Bazorboyevich Jumaniyazov - Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi masalalari kotibiyati mudiri o'rinbosari lavozimiga;

Matlab Maxammadovich Kuranov - Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faolayatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti mudirining xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga