Huawei 1
"Veolia Energy" Toshkentda issiqlik va issiq suv narxi oshishi bo‘yicha oydinlik kiritdi

Shu yilning 12-sentyabrida Xalq deputatlarining Toshkent shahar Kengashi tomonidan aholi va yuridik shaxslar (byudjet tashkilotlari bundan mustasno) uchun tariflarni 15 foizga oshirish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.

Kompaniya axborot xizmati ma’lum qilishicha, tariflarning oshishiga issiqlik va issiq suv ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan energiya resurslari – gaz va elektr energiyasi narxlarining oshishi ta’sir ko‘rsatdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori — yangi tarifni tasdiqlash va qo‘llash bo‘yicha oraliq bosqich hisoblanadi. Keyingi qadamlar:

1. Kengashning qarori ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar hokimiga yuboriladi.

2. Hokim qarorining loyihasi tanishish va jamoatchilik muhokamasi uchun www.regulation.gov.uz portalida e’lon qilinadi. Muhokama muddati — 15 kun.

3. Yakuniy qarorni Toshkent shahar hokimi imzolaydi. Tariflar mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Tariflarning kuchga kirish sanasi"Veolia Energy" kompaniyasining rasmiy resurslarida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

"Biz tariflarning oshirilishi katta yuklama ekanligini tushunamiz. Ammo Veolia Energy Tashkent kompaniyasi hamma kabi tannarximizni tashkil etuvchi energiya narxiga bog‘liqligini inobatga olishingizni so‘raydi. Tariflarni oshirish majburiy qadamlardan biri. Biz iqtisodiy voqelik va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi muvozanatni saqlab qolish uchun imkonimiz doirasidagi barcha choralarni amalga oshirmoqdamiz" deyiladi bayonotda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92203 | Инструменты