Huawei 1
21-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Raqobat qo‘mitasi 12 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilganini aniqladi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi qator hududlarda davlat xaridlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlarini aniqladi.

Qonun bilan Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasiga doir tushunchalar aniq belgilab qo‘yilmoqda

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlarining, xususan 5 kodeks va 8 ta qonunning baʼzi normalarini “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

USAID O‘zbekistonda taʼlimni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 6,1 mln dollar ajratdi

Mablag‘lar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ko‘nikmalarini oshirish, 8−11-sinflarda yoshlarga tadbirkorlik va iqtisodiy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun sarflanadi.

Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimi soddalashtirilmoqda

Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinmoqda.

Tadbirkorlardan yagona ro‘yxatiga kiritilmagan hisobotlarni noqonuniy talab qilishga jarima belgilanmoqda

Qaror bilan 2024-yildan boshlab o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 34 turdagi hisobot va statistika maʼlumotlar bekor qilindi.

Ikrom Muslimov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari - sudlov hayʼati raisi etib saylandi

Shuningdek, Olimjon Ismailov besh yil muddatga Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.

Toshkentda Telegram‘da kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan erkak qamaldi

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan 35 yoshli erkakka jazo tayinlandi.

Davlat xaridlarini amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik yanada takomillashtirilmoqda

Davlat xaridlari sohasida shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik asoslari qonunda aniq ko‘rsatilmoqda.

Romitan hokimi yordamchisi sodir etgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hokim yordamchisining xatti-harakatlari kadrlar bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda.

Xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan tibbiy tashxis qo‘yish va davolash xizmatlarini ko‘rsatish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

“Reklama to‘g‘risida”gi qonun xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilishni taqiqlovchi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Suvdan samarali foydalanish qonun bilan mustahkamlanmoqda

Qonun bilan jamoa bog‘lari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini suv bilan taʼminlash belgilangan tartibda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida axborot xavfsizligi kuchaytiriladi

Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

O‘zbekiston va AEXA o‘rtasida yadro tibbiyoti sohasida bitim imzolandi

Bitim yadro tibbiyoti sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichidan dalolat beradi va yadro tibbiyoti sohasidagi tibbiyot xodimlarining, xususan, shu yil avgust oyi oxirida Toshkent shahrida ochilgan yangi Onkologiya markazi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan.

Davlat mulkini xususiylashtirish tartibi o‘zgarmoqda

Xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini, shuningdek davlat tashkilotini xo‘jalik jamiyati etib o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran va ushbu jarayon yakunlanguniga qadar mazkur davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulki garovga berilmasligini belgilovchi norma kiritilmoqda.

Farg‘onada qalbaki dori yasaydigan yashirin sexlar aniqlandi

Ekspertiza dori vositalari qalbakilashtirilganligi, ularning muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi va saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligini tasdiqladi.

8 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $42,7 mlrdga yetdi

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mlrd AQSH dollariga oshgan

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92119 | Инструменты