Huawei 2
Voronejda xavfsizlik kuchlari 45 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantini ushladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Voronej shahrida huquq-tartibot organlari tomonidan reyd o‘tkazilib, unda O‘zbekiston fuqarolari hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi izoh berdi

Maʼlum bo‘lishicha, xabarlarda aks etgan holat joriy yilning 7-iyun kuni  Voronej shahridagi “Razvitiye” qurilish hududida yuz bergan.

Reyd tadbiri o‘tkazilgan ushbu qurilish hududida 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lib, ularning 12 nafari norasmiy ishlagan.

Norasmiy ishlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati o‘tib ketgani sababli jarima shaklida maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, shu kunning o‘zida vaqtincha yashash joyiga ruxsat berilgan va yana 1 nafari esa hech qanday hujjatlarsiz ishlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportatsiya qilinmoqda.

Shu o‘rinda, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilish hamda migratsiya qonunchiligini buzmaslik so‘raladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62810 | Инструменты