“Xalq banki” direktorining tug‘ilgan kuni munosabati bilan foizsiz kredit berilayotgani haqida yolg'on xabarlar tarqalmoqda
O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi firibgarlar tomonidan internetda tarqatilayotgan feyk xabardan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, Telegram’dagi turli kanal va guruhlarda AT “Xalq banki” nomidan foydalanib yolg‘on xabar tarqatilmoqda.
Unda bank direktorining tug‘ilgan kuni munosabati bilan 20-oktabrgacha 1 milliondan 50 million so‘mgacha foizsiz kredit berilayotgani aytilgan va havola ilova qilingan.
“Shu mazmundagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg‘on. Ehtiyot bo‘ling firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang”, — deyladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50210 | Инструменты