Huawei 1
Xalq tabobati yo'nalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Unga ko'ra, fuqarolarga tibbiy tashxis qo'yish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan ko'rsatganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yo'nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo'llagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo'lish evaziga ko'rsatganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Mazkur xizmatlarni omma oldida targ'ib qilganlik uchun ham ma'muriy javobgarlik o'rnatilmoqda.

Shuningdek, xalq tabobati yo'nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo'llagan holda fuqarolarga tashxis qo'yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110613 | Инструменты