Huawei 2
Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolari firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirildi

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Xitoydagi vatandoshlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.

Uchrashuvda Xitoydagi o‘zbekistonliklarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, ular duch kelayotgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida mezbon mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari bilan uzviy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani taʼkidlangan.

O‘z navbatida, vatandoshlar konsalting xizmatlarini ko‘rsatish niqobi ostidagi fuqarolarning chet elga o‘qishga va ishga jo‘natish bilan bog‘liq firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirilgan.

O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan chet ellardagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy maslahat berish va yordam ko‘rsatish, terrorizm, diniy ekstremizm g‘oyalari taʼsiridan himoyalash hamda turli noqonuniy faoliyat bilan bog‘liq xavflardan ogohlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga