Xitoydan yangi avtobuslar keltirildi

So'nggi yillarda transport tizimini tubdan isloh qilish, ayniqsa, harakat tarkibini zamonaviy, yo'lovchi uchun qulay transport vositalari bilan to'ldirish bo'yicha qator sa'y-harakatlar amalga oshirildi. Xususan, poytaxt jamoat transportining asosiy bo'lagi hisoblangan avtobuslarni yangilash borasida "Toshshahartransxizmat"" AJ tomonidan sezilarli samaragaerishildi.

Ayniqsa, so'nggi yillarda harakat tarkibi yurtimizda ishlab chiqarilayotgan "Man", "Isuzu" rusumli har taraflama qulayliklarga ega avtobuslar bilan yangilanayotgani yo'lovchilarga manzur bo'lmoqda.

Aytish lozimki poytaxt jamoat transporti tizimida xususiy sektorning ham ulushi bor. Ayni kunda "Toshshahartransxizmat" AJ tizimida 10 ga yaqin xususiy korxonalar yo'lovchi tashish bilan shug'ullanadi. Ular tomonidan yo'nalishlarga qo'yilgan avtobuslarning asosiy qismi xizmat muddatini o'tab bo'lgan transport vositalaridir. Qolaversa, bugun xususiy korxonalar tomonidan tasarruf etilayotgan avtobuslarning yo'lovchilar uchun bir muncha noqulayligi, bu esa ba'zan yo'lovchilarning noroziligiga sabab bo'layotgani ham bor gap.
Toshkent shahar transport boshqarmasi tomonidan ana shu jihatlar inobatga olinib, xususiy korxonalar oldiga ham o'z harakat tarkibini yangilash vazifasi qo'yildi.

Shundan kelib chiqib "Avtosantrans-servis" MCHJ ham 9 ta yangi avtobus xarid qildi. Xitoyning " Yutong hongkong limited" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur avtobuslar gaz yoqilg'isida harakatlanadi. Bu esa avvalo atrof-muhitga yetadigan zararning kamayishiga olib kelish bilan birga muqobil yoqilg'i turlaridan keng foydalanish imkonini beradi. Qolaversa, gazning suyuq yoqilg'iga nisbatan bir necha barobar arzonligi korxonaning iqtisodiy samaradorligiga ham ijobiy ta'sir o'tkazadi.

Umumiy 52 nafar yo'lovchiga mo'ljallangan ushbu avtobuslar o'rta sig'imli bo'lib, 30 ta o'rindiqqa ega. Ishlab chiqaruvchi korxona ushbu transport vositalarining 150 ming kilometrgacha benuqson harakatlanishiga kafolat bermoqda.
Ushbu avtobuslar poytaxt yo'llarida qatnayotgan xususiy korxonaga tegishli eski "Isuzu" rusumidagi avtobuslar o'rnida harakatlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, "Avtosantrans-servis" MCHJ "Toshshahartransxizmat" AJ tizimidagi xususiy korxonalardan biri hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты