Huawei 1
Xiva tumani hokimi o‘zgardi

Bugun, 12 avgust kuni Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xiva tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Ozod Matyoqubov egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xiva tumani hokimligiga esa Xorazm viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Hurmat Rahimberganovich Matrasulov tayinlandi.

Avvalroq, Guliston va Payariq tumaniga yangi hokim ta'yinlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82904 | Инструменты