Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi, 1963-yilda tug‘ilgan Q.B. joriy yilning 13-fevral kuni "Xiva xonligi" davriga oid 2 dona, "Buxoro amirligi" davriga oid 1 dona tangalarni tanishiga 5000 AQSH dollariga qonunga xilof ravishda sotayotgan paytida Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.
Shundan keyin gumondorning uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida qadimiy eksponatlarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты