Huawei 1
Xodimni xatosi uchun kaltaklagan Inbazar ish boshqaruvchisi 7 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan Inbazar savdo markazi filialida xodim do‘konning boshqa bir vakili tomonidan kaltaklangandi. Bugun, 16 sentyabr kuni mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida ko‘rib chiqildi. Bu haqda sud jarayonida ishtirok etgan Uzreport TV muxbiri xabar qildi.

Sud qarori bilan xodimni kaltaklagan savdo markazi vakili Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, “samosud”ni tasvirga olgan yana bir xodim ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 5 sutkaga qamaldi.

15 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Inbazar savdo markazi rahbari Omadtillo Xolmatovning o‘zi xodimlarini do‘pposlayotgani yoxud kimlar orqalidir kaltaklatayotgani aks etgan videolar tarqalgandi. Tarmoqlarda sizdirilgan videolardan birida u xodimini yerga yotqizib urayotgani, tepkilayotganini, ikkinchi bir videoda esa ko‘chada o‘zi va boshqa ikki odam bilan yana bir yigitni urishga harakat qilganini ko‘rish mumkin. Har bir video davomida Omadtillo Xolmatov xodimlarini haqoratlab, ularni urishtirishga va o‘zi ham urishga intilgan. U bu jarayonlarni videoga ham olgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa Inbazar va uning mahsulotlariga boykot e’lon qilmoqda. Xolmatovga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91921 | Инструменты