Huawei 1
Toshkent shahar IIBB: Inbazar asoschisi Omabdek Holmatovga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda

Kun.uz'ga taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra, Inbazar asoschisi zo‘ravonlik qilayotgani aks etgan holatlar eski bo‘lib, hech kim ariza bilan murojaat qilmagan. Ayni vaqtda poytaxt IIBB tergovga qadar tekshiruv boshlagan

"Bu shaxsga nisbatan internetda tarqalgan videolar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. U [videodagi] holatlar eski bo‘lib, muqaddam hech kim ariza bilan murojaat qilmagan. Hozir videoda aks etgan shaxslarning shaxsi aniqlanib, tekshiruv o‘tkazilmoqda", — deyiladi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabarida. 

14-sentabr kuni Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yirik savdo markazlaridan biri bo‘lmish Inbazar'ning Sergeli tumanidagi savdo markazi mas’uli Mehroj ismli xodimini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ko‘p o‘tmay tarmoq rahbari videomurojaat qilib, zo‘ravonga jazo ko‘rilishini aytib chiqdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91903 | Инструменты