Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun mualliflik huquqini buzganlikda ayblanmoqda.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Behzod Fazliddin ariza bilan murojaat qilgan. Aytilishicha, Jaloliddin Ahmadaliyev xech qanday ruxsat olmasdan shoirga tegishli “Ayyor do‘stlarim” she’ridan foydalanib qo‘shiq ijro qilgan. Va bu ijod namunasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, to‘ylarda faol ijro qilingan. Shoir Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasidan buzilgan mualliflik huquqlarini tiklab berishni, xonandaga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg'ona viloyati Uchko‘prik tuman sudining qaroriga asosan, xonanda mualliflik huquqbuzarligi sodir etilganlik fakti tasdiqlandi.
Unga nisbatan ma’muriy jarima jazosi tayinlandi. Unga ko‘ra, bazaviy xisoblash miqdorining 80 barobari, ya’ni 24 mln so‘m tovon puli, 2 mln so‘m ma’naviy zarar, jami 26 mln so‘m shoirga undirib berildi.
Xonanda ijro etilgan “Ayyor do‘stlarim” nomli qo‘shiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatildi.
Avvalroq, “Uylanamiz” qo'shig'i ijrochisi mualliflik huquqini buzganligi uchun javobgarlikka tortilgandi. Shuningdek, "Xasta bo'lma": Mualliflik huquqini buzgan Yulduz Usmonova shoirga 185 million soʻm toʻlagandi. Undan tashqari huddi shunday holatga Xonanda Sanjay ham tushgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122215 | Инструменты