Huawei 1
Xorazmda 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch shahrida “T. Y.” MChJga tegishli elektr qurilmalar hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 207 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61521 | Инструменты