Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali birinchi bosqich talabasi o‘tkir zotiljam (pnevmoniya)dan vafot etdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliygohning Davolash fakulteti 1-bosqich 112 “B” guruh talabasi bo‘lgan Sh.A. pnevmoniya asoratlari boshlaganidan buyon davo choralarini ko‘rib kelgan. Ammo 2-dekabr kuni soat 12:00 lar atrofida tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, vafot etgan.
Akademiya filiali matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, yigit kasallikka chalinganiga 1 haftacha bo‘lgan, u o‘z uyida vafot etgan.
Tegishli idora va vazirlikka ma’lumotlar yetkazilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Xulosalar aniq bo‘lganidan keyin qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90710 | Инструменты