Huawei 1
Xorazmda 5-sinf o‘quvchilari maktab derazalarini ta’mirlamoqchi bo‘ldi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 19-sonli maktab o‘quvchilari kuz-qish mavsumi uchun maktab derazalariga sellofan qoqib, o‘zlari ta’mirlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat berib, ushbu vaziyat ishchi guruh tomonidan o‘rganilgani qayd etildi.

Bildirilishicha, mazkur holat bo‘yicha videolavhadagi o‘quvchilar, ularning sinf rahbari hamda ishchi xodimlar bilan suhbatlashilgan.

Suhbat davomida ushbu voqea joriy yil 1 noyabr kuni sodir bo‘lgani, maktabning yog‘och deraza oynalari romlarini sellofan bilan qoplash ishlarini aslida maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ishchi xizmatchilar bilan birgalikda bajargani, ular tushlikka ketgan vaqtida esa shu maktabning 5-sinf o‘quvchilari J.J., A.S. va A.Z.lar dastgohning ustiga chiqib, deraza romiga plyonka qoqishga harakat qilgani va bu holat yana bir o‘quvchi tomonidan tasvirga olingani ma’lum bo‘lgan.

Ishchi guruh tomonidan maktab direktoriga o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlashi, kelgusida ular bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida maktabda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini qattiq nazoratga olishi lozimligi yuzasidan ogohlantirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110613 | Инструменты