Yoshlar ishlari agentligi direktori, Oliy Majlis Senati a’zosi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sadullaev ajoyib yangilikni e'lon qildi.
ma'lum qilishicha, Xorazm viloyatida 100 ming kitob fondiga ega boʻlgan juda go'zal dizayn va zamonaviy sharoitga ega “Yoshlar kutubxonasi” ochildi.
Ushbu kutubxona 100 ming kitob fondiga ega bo'lib, unda 7 000 xildagi darsliklar, ilmiy va badiiy adabiyotlar jamlangan. Ilm markaziga Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron bazasi ham ulangan.Urganch markazida joylashgan ziyo maskani bir vaqtning oʻzida 200 dan ortiq kitobxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Kutubxona bepul Wi-Fi tarmogʻi, eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Oʻquvchilar kitoblarni uylariga olib ketib oʻqish imkoniyatiga ham egalar.
"Shunday shinam ziyo maskanining ochilishida tashabbuskor boʻlgan yosh tadbirkor Quvondiq Abdullayevga minnaddorchilik bildiramiz",-deya yozadi Alisher Sa'dullayev.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71712 | Инструменты