Xorazmda ona 3 nafar bolasiga nisbatan shavqatsizlarcha munosabatda bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolning 3 nafar kichik yoshdagi bolalarga nisbatan shavqatsiz muomalada bo‘lib, ularni yoqib yuborish bilan bevosita tahdid qilishi aks etgan video tarqaldi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat Xorazm viloyati Urganch tumanida sodir bo‘lgan. Hozirda bu holatni to‘la aniqlash bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mazkur hodisa Bolalar ombudsmanining alohida nazoratiga olindi.

"Bolalarga nisbatan bunday jinoiy harakatlar ularning ota-onasi yoki boshqa yaqin qarindoshlari tomonidan sodir etilishidan qat’iy nazar, aybdor shaxslarni qonunda ko‘zda tutilgan javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi ta’minlanadi. Bolaning hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasidadir", - deyiladi xabarda.

Holat bo‘yicha  qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72310 | Инструменты