1 yanvardan e’tiboran, xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga qo‘shimcha ustama to‘lash to‘xtatildi.
Bu – 2025 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Xorijiy tilni biladigan davlat xizmatchilariga ustama to‘lash 2022 yil 1 yanvardan boshlangan edi. Oradan 2 yil o‘tib, bu tartib bekor qilindi.
Ustama miqdori xodimning lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha deb belgilangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10708 | Инструменты