Huawei 1
Xususiy notarius lavozimi uchun malaka imtihonini o'tkazish tartibi belgilandi

“Notarius lavozimiga tayinlash bo'yicha tanlov o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Buyruqqa asosan, xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar faoliyatining yo'lga qo'yilishi munosabati bilan Notarius lavozimiga tayinlash bo'yicha tanlov o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga tegishli o'zgartirishlar kiritildi.

Mazkur Nizom bilan shu kunga qadar davlat notarial idoralari notariuslari uchun tanlov o'tkazish tartibi belgilangan bo'lsa, endilikda xususiy notarial faoliyat bilan shug'ullanish huquqini berish bo'yicha malaka imtihonini o'tkazish tartibi ham belgilanmoqda.

Nizomga kiritilgan o'zgartirishlarga muvofiq quyidagilar belgilandi:

- xususiy notarial faoliyat bilan shug'ullanish huquqini berish bo'yicha malaka imtihonidan o'tish uchun hujjatlar topshirish, malaka imtihonini o'tkazish tartibi va muddatlari;

- malaka imtixonida ishtirok etishni rad etish asoslari;

- malaka imtihoni savollarining sohalari;

- malaka imtihoni natijalari bo'yicha baholash mezonlari va boshqalar.

Shuningdek, Nizomga imtihon savollari Adliya vazirligining rasmiy veb saytida e'lon qilinishi haqidagi qoida kiritildi.

Bundan tashqari, endilikda notarius lavozimida ishlab turgan fuqaro boshqa davlat notarial idorasiga o'tish istagida tanlovda ishtirok etib, yetarli ballni to'play olmasa, egallab turgan lavozimidan ozod qilinmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90801 | Инструменты