Yana o'sha daraxtkushlik: Buxoroda 10 tup terak daraxtini kesgan fuqaro 1,5 mln so'm jarimaga tortildi
Aniqlanishicha, Buxoro viloyati Peshku tuman "Navbahor" mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Shokirov tomonidan 10 tup terak daraxti tag qismidan kesib tashlagani aniqlangan.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1,5 million so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 1,8 million so‘m hisoblangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41302 | Инструменты