Huawei 1
Yandex Uzbekistan Express24 aktivlarining bir qismini sotib oladi

Yandex Uzbekistan Express24 bilan O‘zbekistonda oziq-ovqat yetkazib berish bo‘yicha yagona texnologik platformani yaratish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lum qildi. Bitim summasi ma’lum qilinmagan.

Bu bilan Yandex Go va Express24 xizmatlarining afzalliklari birlashtiriladi. Buning uchun Yandex Express24 aktivlarining bir qismini sotib oladi, bitim yaqin kunlarda yakunlanadi. Express24 ilovasi o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Bitim yakunlanganidan so‘ng Yandex Go`dagi Eats va Express24 xizmatlari yagona texnologik platformaga o‘tadi. Natijada buyurtmalar soni ortib, kurerlar ko‘proq yetkazib berish xizmatlarini amalga oshirish va ko‘proq daromad olish imkoniga ega bo‘ladilar, deyiladi xabarda.

“Foydalanuvchilar esa buyurtmalarini tezroq olishadi va ular uchun restoranlar tanlovi kengayadi. Express24`ning hamkor restoranlari o‘z yetkazib berish hududini kengaytirib, yangi platformaning targ‘ib qilish vositalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Express24 — tayyor taomlar, do‘konlardan tovarlar va bozorlardan mahsulotlarni yetkazib berish xizmati. Xizmat Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida ishlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102518 | Инструменты