Joriy yilning 19 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda daxshatli YTH tasvirlangan videolar tarqaldi. Unda "Yangi O'zbekiston" bog'ida 3 ta mashina ishtirokida sodir bo'lgan avariya oqibatida 10 balli tirbandlik yuzaga kelgani aytilgan. Shuningdek, tasdiqlanmagan manbaalarda 3 kishi o'lgani ham yozilgan.
Tasdiqlanishicha, shu kuni soat 21:00 larda Toshkent shahar, Yashnobod tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida dahshatli YTH sodir bo‘lgan.
Unda haydovchi "Nexia-3" avtomobilini mast holda boshqarib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan "Nexia-1" hamda "Spark" mashinalari bilan to‘qnashgan. Natijada "Spark" haydovchisi yo'l chetidagi "stolba"ga urilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fojea oqibatida 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan va 5 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Sodir bo'lgan avtohalokat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11214 | Инструменты