Huawei 1
Yangi yil bayrami kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bugun 29-dekabr kuni respublika hududiga sovuq va nam havo kirib kelmoqda. Ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) boshlandi.

Kun davomida havo harorati asta-sekin pasayadi, kunning ikkinchi yarmida esa 0-5o iliqqacha pasayadi. Yomg‘ir yog‘ishi davom etadi va respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Ertaga 30 dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5o sovuqqacha, shimolda 6-9o sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7o iliq atrofida bo‘ladi.

31 dekabr va 1 yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Bu yil ham, O‘zbekiston aholisi Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladilar.

Kechalari sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 1 yanvarga kelib 10-13o iliqga yetadi.

Quruq ob-havo 2-yanvarda ham saqlanib turadi, lekin biroz sovuq havo kirib kelishi hisobiga kunduzgi harorat 6-9o iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda: 29 dekabr kuni yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi. Kunning ikkinchi yarmida harorat 0-2o iliqqacha pasayadi.

30-31 dekabr va 1-2 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 30 dekabrda kechasi 1-3o sovuq, kunduzi 4-6o iliq, 31 dekabr va 1-2 yanvarda kechalari 3o sovuq-2o iliq bo‘ladi, 31 dekabr va 1 yanvarda kunduz kunlari 11-13o iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi, 2 yanvarda 7-9o iliq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32613 | Инструменты