Huawei 1
Yangiobod tuman hokimi o‘rinbosari 10 yilga qamaldi

2023-yilning may oyida fuqaro (Q.M.) Yangiobod tumani hokimining v.b. o‘rinbosari (Q.R.) bilan til biriktirib, “Angren Mashal Servis” MCHJ rahbariga (U.T.) shamol elektr stansiyalari qurish uchun 200 gektar yer maydonini olib berishni va’da qilib, evaziga 200 ming AQSH dollari talab qiladi.

Q.M. kelishilgan summaning yarmi, ya’ni 100 ming AQSH dollarini restoranlarning birida olgan vaqtida DXX tomonidan ushlanadi. Shuningdek, tadbir davom etkazilib, hokim o‘rinbosari ham qo‘lga olinadi.

JIB Yangiobod tuman sudi mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqib, Q.M.ga bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (132 mln so‘m) miqdorida jarima va 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishi jazosi, sobiq hokim o‘rinbosari Q.R'ga esa 3  yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (132 mln so‘m) miqdorida jarima va 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты