Huawei 1
Yanvar oyida Toshkent shahrida o'rtacha ta'mirlangan 1 xonali uylar uchun ijara narxi $395 ni tashkil etdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

2024-yil yanvar oyida 2023-yil dekabr oyiga nisbatan Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida o‘rtacha 0,2% tushish hamda to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida 0,5% o‘sish kuzatildi.

O‘rtacha ta’mirlangan sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari 2023-yilning dekabr oyiga nisbatan o'rtacha 1,2% ga pasayib, $395 ni, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 0,2% ga arzonlab  ($442) tashkil etgan, lekin ushbu turkumdagi 3 xonali uylarning ijara narxlari 0,1%ga ($516) hamda 4 xonali uylarning o'rtacha ijara narxlari 0,4% ga ($597) oshgan.

Ma’lumot o'rnida 2023-yil noyabr oyidan buyon 2024-yil yanvar oyigacha o’rtacha ta’mirlangan 1 va 2 xonali uylar uchun o’rtacha ijara narxlari mos ravishda 1,5% ($401 dan $395ga) va 2,2%ga ($452 dan $442ga) tushib kelmoqda.

Yanvar oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 0.16%ga qimmatlab $477 ni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko’rsatkich 2 xonali uylar uchun 0.2%ga ($654), 3 xonali uylar uchun 1% ($791) hamda 4 xonali uylar uchun 0.6% ($915) ni tashkil etgan.

Ijara narxlari to'g'risidagi ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to’plandi. Bunda 2023 yil dekabr oyi uchun 41.4 ming va 2024 yil yanvar oyi chun 52.3 mingta ma'lumotlardan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastgi 5% lik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60114 | Инструменты