Huawei 1
“Yashil makon” doirasida — “Yashil maktab” aksiyasi

Poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan 246-umumtaʼlim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil maktab” aksiyasi tashkil etildi. Ushbu tadbir “Yashilloyiha” loyihalash instituti davlat muassasasi tomonidan o‘tkazildi.

Tadbir avvalida o‘quvchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ular “Bilim maskani bog‘i”ni yaratishda ishtirok etib, tuproq tayyorlash, ko‘chat ekish va ularni parvarishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Tadbirda teatr va kino sohasida tanilgan aktrisa Nigina Jabbarova ishtirok etdi. U ham bog’ga o’z daraxtini ekdi.

Aksiya doirasida Hindiston sireni, yasen, klyon, Pissardi olxo'ri kabi manzarali daraxtlar, shuningdek, Siriya guli kabi gulli buta o‘simliklari ekildi. Quvonarlisi ushbu ekologik aksiyada Uzreport jamoasi ham o’zining ko’chatini yerga qadadi va bog’ yaratilishida oz bo’lsada o’z hissasini qo’shdi.

Aksiyaning eng muhim qismlaridan biri — “Daraxt – hayot manbai” mavzusidagi amaliy ekologiya darsi bo‘ldi. Unda loyiha tashlikotchilari tomonidan o’quvchilarga ekologiya bo’yicha interaktiv savollar berildi. Viktorinada ishtirok etgan va savollarga to’g’ri javob berganlarga sovg’alar ulashildi. 


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41813 | Инструменты