Huawei 1
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki "Uzbekistan Airports"ga maxsus texnika parkini yangilashda yordam beradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) “Uzbekistan Airports” AJga aeroport uskunalarini modernizatsiya qilish uchun 28 million yevrogacha bo‘lgan uzoq muddatli moliyalashtirishni taqdim etadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.

YTTBning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan yillik forumida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlarni mustahkamladi. Forum doirasida “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Ra’no Djurayeva va Yevroosiyo bo‘yicha infratuzilma departamenti direktori Yekaterina Miroshnik mandat xatlari bilan alishdilar.Bank mablag‘lari hisobidan yo'lovchi tashuvchi avtobuslar, yuk tashuvchi texnikalar, lentali yuk uzatuvchilar, samolyot buksirlari, samolyotlarni suv bilan to‘ldirish va hojatxona bo‘limlariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus avtomashinalar, ambulator avtoliftlar, tozalovchi, muzdan tozalash mashinalari va boshqalar xarid qilinadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, YTTBning moliyalashtirishi evaziga 76 dona yangi aeroport maxsus texnikalari xarid qilinadi.

Bundan tashqari, YTTB va Uzbekistan Airports o‘rtasida 1 million yevrodan ortiq grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Buning bir qismi sifatida bank asosiy biznes-jarayonlarni optimallashtirish va shu orqali Uzbekistan Airports va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradigan xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilishni ko‘zda tutadi. 

Shunisi e'tiborga loyiqki, bu O'zbekistonda, moliyalashtirish mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatisiz amalga oshiriladigan davlat kompaniyasi bilan hamkorlikning birinchi namunasi bo'ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101613 | Инструменты