Prokuratura organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 20 mlrd so'm zarar undirildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilaga har tomonlama ko‘mak berilmoqda.
“Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 243 456 nafar xotin - qizlar va 23 234 nafar yoshlarning huquqlarini himoya qilishga doir ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Aholi bandligini taʼminlash sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 337 nafar shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 1 283 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Ushbu sohada o‘tkazilgan o‘rganishlarda 31 087 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, 174 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 510 mln so‘m ish haqlari undirib berilishi taʼminlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50521 | Инструменты