Huawei 1
Yil boshidan buyon MIB tomonidan 33 mlrd so’mdan ortiq qarzdorlik mablag’lari undirilgan

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molidan bo‘lgan qarzdorliklarni undirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida mobaynida 1 237 ta ijro hujjati tamomlanib, 33,3 mlrd so‘m miqdordagi qarzdorlik undirilgan.

Shuningdek, amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlardan 12,5 mlrd so‘mlik mol-mulklar qarzdorlik evaziga xatlovga olinib, shundan 8,6 mlrd so‘mlik mulklar elektron-onlayn savdolarga chiqarilgan.

Bundan tashqari, 10 nafar qarzdorning 15,8 mln so‘mlik miqdoridagi qarzdorlik summalari ularning ish haqlariga qaratilgan hamda hisob raqamlariga inkasso qo‘yilgan.

Misol uchun, “Hududgazta’minoti” AJ foydasiga qarzdor “Inshoot Turxol Agro” MCHJdan iste’mol qilingan tabiiy gaz to‘lovidan bo‘lgan 128,1 mln so‘m asosiy qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Buxoro tumani bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorliklar to‘liq bartaraf etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50910 | Инструменты