Huawei 1
Yil yakunigacha barcha radarlar xatlovdan o‘tkaziladi

2025 yil yakuniga qadar Ichki ishlar vazirligi tomonidan chorraha va yo‘llardagi barcha maxsus texnika vositalari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi. Bu Prezident topshirig‘iga asosan qabul qilingan hukumat qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq:

  • IIV tomonidan 2025 yil yakuniga qadar chorraha va yo‘llardagi barcha maxsus texnika vositalari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi;
  • xatlov natijalari bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan yoki belgilangan tartibga rioya etmagan holda o‘rnatilgan, texnik va standart talablariga javob bermaydigan texnika vositalari demontaj qilinadi;
  • haydovchilar tomonidan tezlikni oshirish holatlari ko‘plab kuzatilayotgan hududlarda avtomashinalarning ayni vaqtdagi tezligini ko‘rsatib ogohlantiruvchi elektron tablolar o‘rnatiladi;
  • tadbirkorlarning maxsus texnika vositalaridan foydalanishda shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, suiiste’molchiliklarning oldini olish choralari ko‘riladi.

Avvalroq, shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshirilishi xabar qilingandi. Jumladan, 1-iyundan boshlab O‘zbekiston shaharlarida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07:00 dan 21:00 ga qadar amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Radarlar 1 iyundan boshlab yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmasligi ham xabar qilingandi.

Shuningdek, endi avtobuslar harakati uchun ajratilgan, ya’ni “A” harfli tasmalarda boshqa transport vositalarining soat 23:00 dan 06:00 ga qadar harakatlanishi qoidabuzarlik hisoblanmaydi.

Bundan tashqari, o‘rnatilgan “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51704 | Инструменты