“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Zarbdor tumani "Oybek" MFYda joylashgan “A.O.” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 avtobenzini va dizel yonilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmaslik (sifatsiz) ekanligi ma‘lum bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu shoxobchada yonilg‘i tarqatish ustuniga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali sotilayotgan neft mahsuloti miqdorini o‘zgartirish holati ham aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 23,5 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida: Sotuvchilar tomonidan sifati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilish — sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan realizatsiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты