Hozirgi kunda "Yoshlar ijod saroyi"ga Yoshlar ittifoqi egalik qilmoqda. Undan avval Madaniyat vazirligi tasarrufida bo‘lgan. Bino 2008-yilda qurilgan. Mazkur majmua 3 ta zalga bo‘lingan.
Bular madaniy-ma’rifiy tadbirlar uchun mo‘ljallangan katta zal va san’atning turli yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan ijodiy ustaxonalar.
"Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidi farmon e'lon qilindi.
Farmon loyihasida, Toshkent shahrida joylashgan "Yoshlar ijod saroyi" binosi Palata balansiga o‘tkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur binoda Palata tomonidan mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida biznes-forumlar, ko‘rgazmalar, ochiq-muloqotlar, uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, Koreya xalqaro rivojlantirish agentligining (KOICA) 5,5 million dollar miqdoridagi grant hisobiga Palata qoshida namunaviy "Startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazi" biznes-inkubatori tashkil etish qayd etilgan.
Markaz biznes-inkubatori Toshkent shahridagi 25-uy B-blok manzilidagi binoda joylashtirish va ushbu binoni Palata balansiga o‘tkazib berish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71006 | Инструменты