Toshkent shahar IIB masjiddan o‘g‘rilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma'lum qildi.
Gap shundaki, joriy yilning 21-fevral kuni tahminan soat 12:50 larda 1979-yilda tug‘ilgan erkak Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida pul o'g'irlagan.
U kiyim ilgichida turgan 1998-yilda tug‘ilgan I.D.ga tegishli bo‘lgan kurtkasidan shaxsiy hujjatlari va 170 ming so‘m miqdoridagi pullari bo‘lgan hamyonini o'g'irlab, voqea joyidan "juftakni rostlagan".
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, Toshkentda 20 yoshli yigit ehson qutisini o‘g‘irlab ketgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72619 | Инструменты