“Etilen va propilen polimerlaridan yuqori qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (252-son, 18.08.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va aniq texnik parametrlar asosida shakllantiriladigan ro'yxat bo'yicha respublikaga olib kiriladigan polietilen granulalari uchun aksiz solig'i 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvargacha nol stavkada qo'llanadi.
2028-yil 1-yanvargacha ayrim etilen polimerlarining birlamchi shakllari (TIF TN kodi 3901 10 900 0, 3901 30, 3901 40) va propilen polimerlarining birlamchi shakllarini (TIF TN kodi 3902 10 000 0) import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo'llanadi.
Shuningdek, mamlakatga sifatsiz kontrafakt egiluvchan qadoqlar importining oldini olish (eks-offisio prinsipi asosida) choralari ko'riladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81816 | Инструменты