Huawei 1
Namanganda moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yashirin “hujralar” tashkil etib, diniy taʼlim berish yo‘li bilan noqonuniy daromad topayotgan “uddaburonlar”ning qilmishlari fosh etildi.

Jumladan, Namangan shahrining Baliqchi ko‘chasida istiqomat qiluvchi, 1995 yilda tug'ilgan fuqaro ko‘p qavatli uylarning birida 15 nafar shaxsga diniy saboq bergan bo‘lsa, Maʼrifat mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug'ilgan ayol o‘z xonadonida 14 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy o‘qish tashkil etib, ularning har biridan oyiga 1,5 million so‘mdan pul olib kelgan.

Yangi Namangan tumanida qayd etilgan holatda esa 1983 yilda tug'ilgan shaxs Mehnatobod mahallasidagi yashirin “hujra”da 10 nafar voyaga yetmagan qizlarga va 3 nafar fuqaroga diniy taʼlim berib kelgan.

Ayni shu kabi holat Uychi tumanining Mashad mahallasida ham kuzatilib, unda 48 yoshli fuqaro o‘z uyida voyaga yetmagan bolalarni to‘plab, moddiy manfaat evaziga diniy saboq berish bilan shug‘ullangan.

Taʼkidlash lozimki, bunday qonunbuzarliklar To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida istiqomat qiluvchi 1975 va 1981 yilda tug'ilgan 2 nafar shaxs tomonidan ham sodir etilgan.

Qilmishlari fosh bo‘lgan barcha soxta “dindorlar” hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko‘rildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81816 | Инструменты