Huawei 1
Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha yangi loyiha ishga tushiriladi

4-iyun kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Shveytsariyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Xususan, hukumatlararo manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy va ekologik islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi bildirildi.

Muzokaralar davomida "Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarining iqlimga chidamliligini integratsiyalashgan tizimlar orqali boshqarish" loyihasi muvaffaqiyatli ro‘yxatga olingani va ishga tushirilgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot o'rnida aytish joizki, mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad Zarafshon daryosi havzasining O‘zbekiston hududidagi qismida suv resurslarini kompleks boshqarishni takomillashtirishdan iborat. Yondashuvlarni ishlab chiqish uchun asosiy e’tibor 3000 gektarlik tajriba maydoniga qaratiladi. Ushbu hududlarda 100 nafar fermer bilan sug‘orish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va suv hisobini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib boriladi. Loyiha Shvetsariyaning CARITAS konsorsiumi (CACH) va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (РЭЦЦA) tomonidan uch bosqichda amalga oshiriladi.

Shuningdek, uchrashuvda  Ekologiya vazirligi huzuridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) bilan suv resurslari sohasidagi Shvetsariyaning yetakchi universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik masalasi ham muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122321 | Инструменты