Joriy yil 3-iyun kuni Zarafshon shahrida yashovchi 34 yoshli X. Xamrayeva va uning turmush o‘rtog‘i A. Ahmadovlar bir yo‘la 3 nafar egizakning ota-onasiga aylandi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialida go‘daklarning sog‘lom tug‘ilishi uchun barcha zarur shart-sharoit hozirlandi. Kesarcha usulda, asoratsiz tug‘uruq amaliyoti natijasida 2555, 2115 va 2055 grammlik 3 nafar, bir nafar qiz va ikki nafar o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi.
Hozirda go‘daklarning ahvoli yaxshi. Ularning parvarishi hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, bu joriy yil Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialida uch nafar egizaklar tug‘ilishi bilan bog‘liq ikkinchi holatdir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122321 | Инструменты