Huawei 2
Ziroat Mirziyoyeva Samarqandda ochilgan “Mehrli maktab” gospital maktabi filiali o‘quvchilarini borib ko‘rdi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida ochilgan “Mehrli maktab” gospital maktabi filiali o‘quvchilarini borib ko‘rdi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi xabar berdi.

Yangi gospital maktab Toshkent, Nukus, Andijon va Farg‘onadan keyin respublikada beshinchi bo‘lib, unda uzoq vaqt davolanayotgan bolalar bilan ishlash uchun zarur tayyorgarlikdan o‘tgan pedagoglar, psixologlar va tarbiyachilar ish boshladi.

“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi “Mehrli maktab”da yaratilgan qulay taʼlim muhitini qayd etib, bolalar bilan dildan suhbatlashdi va o‘quvchilar bilan rivojlantiruvchi moslashuv mashg‘ulotlarida qatnashib, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63007 | Инструменты