Huawei 2
"Afsonalar jangi". UZREPORT TV telekanali Mayk Tayson va Roy Jons o'rtasidagi jangni namoyish etadi

29-noyabr kuni Kaliforniyada boks afsonalari Mayk Tayson va Roy Jons o'rtasidagi jang bo'lib o'tadi.

Jangga bo'lgan katta qiziqish va tomoshabinlarning murojaatlarini inobatga olgan holda UZREPORT TV ushbu to‘qnashuvni O'zbekistonda translyatsiya qilish uchun eksklyuziv huquqlarni qo‘lga kiritdi.

Jonli efir Toshkent vaqti bilan ertalabki soat 07:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Musobaqani takroran 29 va 30 noyabr kunlari soat 21:00da UZREPORT TVda ko'rish mumkin bo'ladi.

Mayk Tayson 2005 yildan beri jang o'tkazmayotganini ta'kidlab o‘tish zarur. Uning hisobida 58 ta jang bor, shulardan 50 tasida g'alaba qozongan. Jons so'nggi marta ringga 2018 yilda chiqqan edi. Faoliyati davomida u 66 ta g'alabaga erishgan (47 nokaut bilan), to'qqizta jangda mag'lub bo'lgan.

Ma'lum qilinishicha, jang g'olibi Jahon boks kengashining (WBC) "Frontline Battle Belt" deb nomlangan maxsus kamariga ega bo'ladi.

Avvalroq, matbuot anjumani paytida 54 yoshli Tayson muxlislarni "haqiqiy jang" o'tkazishiga ishontirgandi. Jons ham bo'lajak raqibining so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi. "Agar haqiqiy jang bo‘lishiga ishonmayotgan bo‘lsangiz, demak siz boksni tushunmaysiz. Maykga qarshi ko'rgazmali jangga kim ham chiqardi? Biz shlemsiz jang qilamiz. Ko‘rgazmali jang? Yo'q, barchasi real bo'ladi", - deya qo'shimcha qildi Roy Jons.

Jang kuni boks muxlislariga yorqin hissiyiotlar va yaxshi kayfiyat tilaymiz!

Translyatsiya bosh homiysi - DreamCity Development

Izohlar: 71
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Davlat
    17
    Davlat 3 yil avval

    Uzreport ga omad

  • Jo'raboyev Asilbek=> Mr_Asilbek_0911
    6
    Jo'raboyev Asilbek=> Mr_Asilbek_0911 3 yil avval

    Vapshe malades UzReportTv. kottakon raxmat uzreporttvning jonkuyar hodimlariga. Ishlaringga omad. Thank you very much!!!!1

  • Khumoyiddin
    16
    Khumoyiddin 3 yil avval

    Mayk taysonga omad

  • Ilhomjon Jumaqulov
    0
    Ilhomjon Jumaqulov 3 yil avval

    Qaysi yutadi albatta RoyJons

  • Umid
    -3
    Umid 3 yil avval

    Gap yo zor jang boladi uz reportga raxmat mayk omad

  • Husniddin
    0
    Husniddin 3 yil avval

    Juda ajoyib

  • Husniddin
    2
    Husniddin 3 yil avval

    Juda ajoyib

  • Рома
    8
    Рома 3 yil avval

    Катта Рахмат администрацияга ишиларга омад

  • Jo'rayev Rasuljon
    27
    Jo'rayev Rasuljon 3 yil avval

    Rahmat

  • Akbarshakh
    45
    Akbarshakh 3 yil avval

    Qoyil lekin uzreportga davomi doimiy bo'sin

  • 997705940
    221
    997705940 3 yil avval

    Davron Fayziyev sharhlasa zor bolardi

    • Ilyos
      0
      Ilyos 3 yil avval

      Ha zòr bolardide

  • Toxir
    4
    Toxir 3 yil avval

    Gap yo lekn zor ish bopti. Ot dushi raxmat kottakon Uzreport Tv

  • Samandar
    100
    Samandar 3 yil avval

    Bu jang haqiqiy jang boladi va men bu jangni haqiqiyligiga 100 % ishonaman. Men Roy Jons ning muhlisiman Roy Jons ga omat

  • Zohid
    16
    Zohid 3 yil avval

    Olğa Uzreport

  • Oxunjon Angren
    3
    Oxunjon Angren 3 yil avval

    Super Qariyalar afsonaviy yulduzlar jangi uzreport tvda birgalikda ko‘ramiz! Mayk omad

  • Ozodjon80usmonov66@gmail.com
    6
    Ozodjon80usmonov66 3 yil avval

    Roy jons nechchi yosh

  • Ashraf
    3
    Ashraf 3 yil avval

    Bu juda ajoyib!!!! Uzreport tv eng zo'r telekanal

  • Ulugʻbek
    5
    Ulugʻbek 3 yil avval

    Raxmat !!! Uz Report TV

  • Xoja
    25
    Xoja 3 yil avval

    Zor iw bobti ramad silaga carcamela iwilaga omad

  • MyOnlyArsenal
    0
    MyOnlyArsenal 3 yil avval

    Gap yoʻq

  • Vohid
    6
    Vohid 3 yil avval

    Juda intiqib kutamiz albatta bu ikki jangchi ôrtasidagi jangni orzu qilardm men õzimcha õz paytida vazni toifasi togri kelmagan ikki bokschi endlikda vazn ham teng toifa xam afsonalarni kuzatish maroqli albatta

  • umid
    11
    umid 3 yil avval

    yaxshi bo'ldi chunki bu ikki afsonani jangini ko'rmaslik xato bo'lardi

  • Азиз низаматдинов
    32
    Азиз низаматдинов 3 yil avval

    Рахмат. Ишларизга омад тилайман Узрепорт ва Футбол тв га котта рахмат


Tepaga