Huawei 1
Alisher Gʻaniyev — jahon chempioni bo'ldi

Tiranada oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionatidan xushxabar. -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher Gʻaniyev oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Ma’lum qilganimizdek, yurtdoshimiz finalda neytral maqomdagi sportchi Dinislam Bammatovga qarshi gilamga chiqdi. Murosasiz bahs polvonimizning 8:4 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi va Gʻaniyev terma jamoamizga ilk medalni taqdim qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102313 | Инструменты