Huawei 1
Bahodir Jalolov professional boksda hali jang rejalashtirmayapti

Og‘ir vazn toifasidagi qozog‘istonlik bokschi Ivan Dichko o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolovni nokautga uchratishga va’da bergandi. Dichkoning menejeri Ziyo Aliyev “Vesti.kz” muxbiri bilan suhbatda o‘zbekistonlik ikki karra Olimpiada chempioni Jalolov bilan ehtimoliy jang vaqtini ham ma’lum qilgandi.

Aliyev o‘z nutqida Jalolov bilan jang 2025 yilda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgan.

Biroq Jalolov professional boksda hali hech qanday jang rejalashtirmayapti. Bu haqda bokschining o‘zi ma’lum qildi.

Jalolov ayni paytda dam olayotgani hamda jang bo‘yicha hali bunday taklif kelib tushmaganini aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Dichko professional ringda 14 ta jang o‘tkazgan va janglarning 13 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Jalolov esa 14 jangning barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91303 | Инструменты