Huawei 1
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

O‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev Las-Vegasda o‘tkazilgan boks oqshomida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik mag‘lubiyatsiz bokschi Daryus Fulgxemga qarshi 12 raundlik jangda ustun keldi va WBA kamari uchun rasmiy daʼvogarga aylandi.

Mazkur g‘alaba Bektemir Meliqo‘ziyev uchun katta ahamiyatga ega. 

U nafaqat raqibiga professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi, balki bu orqali o‘zining WBA (Jahon boks assotsiatsiyasi) kamari uchun rasmiy daʼvogar maqomini ham qo‘lga kiritdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60122 | Инструменты