Huawei 1
Bobur Omonov – ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni!

Bundan biroz avval para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida qatnashgan hamyurtimiz Bobur Omonov 14.32 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

E’tiborlisi, vakilimiz ushbu natijasi orqali o‘zi tomonidan 2021 yil Tokioda o‘rnatilgan Paralimpiya o‘yinlari rekordini ham yangiladi.

Ma’lumot uchun, Bobur Omonov bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91822 | Инструменты