58 yoshli Mayk Tayson va 29 yoshli Jeyk Polga qarshi jangda 8 raund turib berdi
Hozirgina AQSHning Arlington shahrida uzoq kutilgan professional boks turniri yakuniga yetdi.
Oqshomning asosiy jangi superog‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson hamda bloger-bokschi Jeyk Pol o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ikki daqiqadan iborat sakkiz raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi.
Dastlabki ikki raund 58 yoshli Temir Mayk tashabbusga ega bo‘ldi. Lekin keyingi raundlarda Tayson charchab qoldi. 29 yoshli Jeyk Pol esa keyingi raundlarni o‘z foydasiga hal qildi. Baribir o‘rtadagi 31 yosh tafovuti o‘z so‘zini aytdi. Jeyk Pol ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchdi va kelajakda o‘z nabiralariga afsonani mag‘lub etganini mag‘rurlanib so‘zlab beradi. Nabiralari esa miyig‘ida kulib qo‘yishsa kerak.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122620 | Инструменты