Kecha Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionatining chorakfinal uchrashuvlariga yakun yasaldi.
Unda 9ta vazn toifasida ringga ko`tarilgan 9 nafar bokschilarimiz yarimfinal yo'llanmasi uchun kurashishdi. Yakunda ulardan 6 nafari yarimfinal yo'llanmasini hal qilgan bo'lsa, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov musobaqani chorak finaldan yakunlashga majbur bo'lishdi.
Shu tariqa ertaga 31 avgust va 1 sentabr kunlari jami 6 nafar bokschimiz final yo`llanmasi uchun ringga ko`tariladigan bo`lishdi.
31 avgust.
Soat 21:15, - 49kg: Hasanboy Do'smatov (O'zbekiston) - Yuberxen Martines (Kolumbiya)
Soat 22:00, -64kg: Iqboljon Xoldorov (O'zbekiston) - Freudis Roxas (AQSh)
Soat 23:00, -91kg: Sanjar Tursunov (O'zbekiston) - Yevgeniy Tishchenko (Rossiya)
1 sentabr.
Soat 21:15, -52kg: Jasurbek Latipov (O'zbekiston) - Kim In-Kyu (Janubiy Koreya)
Soat 22:00, -69kg: Shahram G'iyosov (O'zbekiston) - Ablayxan Jussupov (Qozog'iston)
Soat 22:45, -81kg: Bektemir Meliqo'ziyev (O'zbekiston) - Joi Uord (Irlandiya)
Qayd etish kerak, mazkur bosqichda qatnashayotgan davlatlarning bokschilari soni bo`yicha Kuba (7 nafar) birinchi, Qozog`iston va O`zbekiston esa (6 nafardan) ikkinchi o`rinni egallab turibdi.
AQSh, Ozarbayjon va Rossiyadan esa ikki nafardan bokschilar ishtirok etishadi.
Boks bo`yicha jahon chempionatini UZREPORT TV telekanalida jonli efirda kuzatib boring va bokschilarimizni qo`llab-quvvatlang!
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты