Huawei 1
Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi etib tayinlandi

17-fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi lavozimiga ko‘p yillar davomida “Paxtakor” klubi prezidenti lavozimida ishlagan tadbirkor va mutaxassis Botir Rahimov nomzodi ilgari surildi. Uning nomzodi bir ovozdan maʼqullandi.

Tennis federatsiyasining sobiq raisi, “O‘zmilliybank” AJ boshqaruvi raisi Alisher Mirsoatov qishki sport turlari assotsiatsiyasiga rahbar bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22018 | Инструменты