Huawei 1
Butunjahon olimpiadasida sovrinli o‘rin olgan shaxmatchilarga avtomobil sovg‘a qilindi

Bugun, 24-sentyabr kuni Toshkent shahridagi xalqaro aeroportda 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali tarzda kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda boshqa rasmiylar ishtirok etishdi.

Ma’lum qilinishicha, marosimda 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan sportchilarga «Prezident sovg‘asi» sifatida «BYD Chazor» avtomashinalari topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, shahmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida qariyb 200 ta davlat vakillari orasida 3-o‘rinni egallagan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92421 | Инструменты