Butunjahon shaxmat Olimpiadasida chempion bo'lgan shaxmatchilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi
Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempion boʻlgan Oʻzbekiston jamoasi 11-avgust kuni Toshkentga qaytdi.
Gʻoliblar tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov shaxmatchilarga prezident tabrigini yetkazdi va mukofotlarni topshirdi.
Chempionlikni qoʻlga kiritgan erkaklar jamoasi vakillari — Jahongir Vohidov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov 600 mln soʻmdan pul mukofoti, Equinox avtomobili hamda “Oʻzbekiston iftixori” medali bilan taqdirlandi.
200ga yaqin jamoa ichida 31-oʻrinni qoʻlga kiritgan ayollar jamoasi aʼzolari — Nilufar Yakubboyeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Maftuna Bobomurodova va Afruza Hamdamova “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12004 | Инструменты