Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 9-tur uchrashuvlari Oʻzbekiston vakillari uchun omadli kechdi.
Oʻzbekiston erkaklar asosiy jamoasi oʻtgan turda Germaniyadan uchralgan magʻlubiyatdan sergak tortishdi, va kechagi 9-turda turnir favoritlaridan biri boʻlgan AQSH ustidan gʻalabaga erishdi.
Asosiy terma jamoamiz turnirning 1-raqamli saralangan jamoasi — AQSh ustidan 2,5–1,5 hisobida g‘alaba qozondi. Nodirbek Abdusattorov Fabiano Karuanani mag‘lub etgan bo‘lsa, Nodirbek Yakubbayev Hans Niemann ustidan g‘alaba qozondi. Javohir Sindarov esa Uesli Soga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi.
Endi Oʻzbekiston asosiy jamoasi 9 turdan keyin 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligini davom ettirmoqda.
O‘zbekiston-2 — Niderlandiya: 3,5–0,5
O‘zbekistonning ikkinchi jamoasi Niderlandiya terma jamoasini 3,5–0,5 hisobida mag‘lub etdi. Niderlandiya tarkibida jahon shaxmatining taniqli vakillaridan biri Anish Giri ham ishtirok etdi.
Oʻzbekiston-2 – Niderlandiya 3,5:0,5
Muhammadzohid Suyarov – Loek van Veli 1:0
Jahongir Vohidov – Anish Giri 1:0
Ortiq Nigʻmatov – Ervin LʼAmini 1:0
Abdumalik Abdusalimov – Jorden van Forest 0,5:0,5
Bu gʻalabadan keyin Oʻzbekiston ikkinchi jamoasi umumiy reytingda uchinchi oʻringa chiqib oldi. Oʻzbekiston-3 jamoasi esa Qirgʻiziston bilan oʻyinda 2,5-1,5 hisobida gʻalaba qozondi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102807 | Инструменты